Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona»dan kambek: Ispaniya Kubogi finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritildi

«Barselona»dan kambek: Ispaniya Kubogi finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki bahsida «Sevilya» dan 0:2 hisobida yutqazib qaytgandi. Javob uchrashuvida Kuman shogirdlari kambekni amalga oshirib, musobaqa finaliga yo‘l olishdi. 

Birinchi bo‘lim boshlarida Usmon Dembele hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda «Sevilya» masalaga nuqta qo‘yishi mumkin edi, ammo 73-daqiqada belgilangan penaltini Lukas Okampos golga aylantira olmadi. Zarbani «Barsa» darvozaboni qaytardi.

Uchrashuvning qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqasida Pike gol urib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda «Barselona» yana bitta to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketdi.

Ispaniya Kubogi, 1/2 final

Barselona — Sevilya 3:0
Gollar: Dembele (12), Pike (90+4), Breytuyeyt (95). 

Amalga oshirilmagan penalti: Okampos (73). 

Barselona – ter Stegen, Alba, Mingesa (Firpo, 78), Langle, Dest (Grizmann, 63), Pedri (Breytueyt, 89), de Yong, Dembele (Trinkau, 89), Buskets (Moriba, 78), Pike, Messi. 

Sevilya – Vatslik, Akunya (Rekik, 54), Kunde, Diyego Karlos, Oliver Torres (Okampos, 62), Aleish Vidal (Navas, 54), Fernando, Jordan (Munir, 105), Suso (Gomes, 79), de Yong (Rakitich, 54), An-Nosiri.

Ogohlantirishlar: Fernando (37), Mingesa (67), Messi (73), Jordan (100), Kunde (101), An-Nosiri (103), Trinkau (119).

Chetlatish: Fernando (90+2).
Birinchi o‘yin — 0:2.

Kataloniyaliklar finalda «Levante» — «Atletik» (Bilbaoda 1:1 hisobi qayd etilgan) juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring