Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir Meliqo‘ziyev debyut jangida argentinalik raqibini nokautga uchratdi

Bektemir Meliqo‘ziyev debyut jangida argentinalik raqibini nokautga uchratdi

Foto:«Tribuna.uz»

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (1-0, 1 KO) debyut jangini o‘tkazdi.

Los-Anjelesda professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.

Qayd etish lozim, argentinalik bokschi uzoq vaqt o‘ziga kela olmay o‘rnida tura olmadi. Shunday qilib Meliqo‘ziyev o‘zining debyut jangida g‘alaba qozondi.

Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Uning murabbiylari Joyel Dias va Antonio Dias hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring