Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangni meksikalik bokschiga qarshi o‘tkazadi

Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangni meksikalik bokschiga qarshi o‘tkazadi

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Rio olimpiadasi sovrindori joriy yilning 14 fevral kuni AQShda ringga ko‘tariladi.

Hamyurtimizga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, bokschimiz professional boksda bungacha 4 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. E’tiborlisi, ulardan 3 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Uning raqibi Marko Antonio faoliyati davomida umumiy hisobda 31 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bu janglarning 25 tasida uning qo‘li baland kelgan. 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 1 jangda durang qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019 yilning 13 dekabrida o‘tkazib, amerikalik Aleksandr Vonni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring