Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir Meliqo‘ziyevga raqib topildi

Bektemir Meliqo‘ziyevga raqib topildi

Shu yilning 17 dekabr kuni Toshkentdagi «Zo‘r TV arena»da yirik professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Unda super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) jang щtkazayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev ham ishtirok etadi. Ma’lum bщlishicha, mazkur oqshomda Meliqo‘ziyevga rossiyalik bokschi Sergey Ekimov raqiblik qilishi kutilmoqda. 

Ekimov faoliyatini yarim og‘ir vazn toifasida (79,3 kg) olib borayotgan bokschi hisoblanib, shu vaqtga qadar 21 ta jang o‘tkazgan va ulardan 18 tasida g‘alaba qozongan (9 tasi muddatidan oldin).

Bektemir esa prof boksdagi 7 jangidan 6 tasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan. Ammo uning o‘zi ham so‘nggi jangida dahshatli zarbadan so‘ng birinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring