Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemir raqibini nokaut qildi

Bektemir raqibini nokaut qildi

Foto: «Publika.uz»

Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida «Prezident kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning navbatdagi kunida besh nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi beshta jangning uchtasida g‘alaba qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkitasida mag‘lubiyat qayd etildi.

Jumladan, -60 kg. vaznda jang o‘tkazgan Shunqor Abdurasulov filippinlik raqibi Suares Koronelga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va uni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi – 5:0.

-69 kg. vaznlilar o‘rtasida Mahmud G‘oipov xitoylik Maimaititu Yersunni yengishga erishdi – 3:2.

Bektemir Meliqo‘ziyev (81 kg.) esa hindistonlik Devanshu Jaivalni ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Ikki bokschimizdan bu gal omad yuz o‘girdi. Jasurbek Latipov (52 kg.) mezbonlar vakili Anuar Muzapparovga 1-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Ulug‘bek Mubinov (+91 kg.) rossiyalik Maksim Babaninga yirik hisobda yengildi – 0:5.

Bahslar bugun ham davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring