Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz xayrlashmaymiz» — Zidanning xayrlashuv nutqi

«Biz xayrlashmaymiz» — Zidanning xayrlashuv nutqi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubni tark etgani haqida xabar bergan edik. Xorijiy nashrlarda uning matbuot anjumanida aytgan so‘zlari e’lon qilindi.

«Prezident aytganidek, biz xayrlashmayapmiz. Men butun umrim davomida shu klub bilan yonma-yon bo‘laman.

Bu qaror juda ko‘pchilik uchun hech qanday ma’noga ega emasdir. Ammo bu men uchun juda muhim ma’noga ega. O‘zgarishlar bo‘ladigan vaqt yetdi. O‘ylaymanki, bu barcha uchun to‘g‘ri qaror bo‘ldi.

«Real»ning barcha muxlislariga meni qo‘llab-quvvatlagani va yaxshi ko‘rgani uchun rahmat aytmoqchiman. Mavsum davomida bizda yaxshi bo‘lmagan davrlar bo‘ldi, ba’zida o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik, ammo muxlislarning bosimi bizni yanada kuchli qildi.

O‘ylashimcha, futbolchilar uchun ham o‘zgarish vaqti keldi. Ularga minnatdorchilik bildirishim kerak — axir ular maydonda haqiqiy jang o‘tkazdilar.

Bu klubdan ko‘p narsa kutishadi. Biz hamisha yanada ko‘prog‘iga harakat qilamiz, ammo futbolchilarimdan bundan ko‘prog‘ini talab qila olmas edim. Endi ular kiyinish xonasida yangi ovoz eshitadigan vaqt keldi.

Klubda qolish shunchaki oson ish emas. Agar men qolsam jamoaning g‘alaba qozonishi qiyinlashib boraverar edi.

Jamoa mening qarorim haqida bilardi. Men ularning har biri bilan alohida suhbatlashganim yo‘q, ammo ularning barchasi bu haqda xabar olgan edi.

Men sardor Serxio Ramos bilan suhbatlashdim. Biz u bilan uzoq vaqtlarni boshdan kechirdik, u mening qarorimni hurmat qiladi. U haqiqiy yetakchi, sardor, u bilan uch yil birga ishlaganimdan mamnunman.

Hozir qaysidir klubni boshqarmoqchi emasman va hech qanday variant axtarmayapman», – dedi Zidan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring