Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boks federatsiyasi Mayk Tayson bilan aloqaga chiqmagan

Boks federatsiyasi Mayk Tayson bilan aloqaga chiqmagan

Foto: «NTV»

Bugun qator internet nashrlarida boks afsonasi Mayk Tayson mustaqillik bayrami arafasida Toshkentga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ularda aytilishicha, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi amerikalik sobiq jahon chempionini yurtimizga taklif qilgan va Tayson O‘zbekistonda muxlislari bilan uchrashadi, master-klass o‘tadi va matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida boks federatsiyasi bilan bog‘landik.

«Haqiqatan ham mustaqillik bayrami arafasida katta boks kechasi tashkil qilib, unga jahon boksi afsonalarini taklif qilishni rejalashtirganmiz. Ammo Mayk Taysonning O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlar haqiqatdan uzoq. Chunki federatsiya u bilan aloqaga chiqmagan», — dedi federatsiya matbuot xizmati vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, boks kechasiga boshqa bir taniqli sportchi Konstantin Szyu kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring