Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bokschilarimiz 8 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi

Bokschilarimiz 8 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi

Foto: «kubnews.ru»

Ozarbayjon poytaxti Boku shahri 24-27-may kunlari boks bo‘yicha yana bir xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. «Geydar Aliyevning 96 yilligi»ga bag‘ishlab tashkil etilgan nufuzli musobaqada ishtirok etgan yosh bokschilarimiz turnirni fantastik ko‘rsatkichlar bilan yakunlashdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Musobaqani 10 nafar bokschi bilan boshladik. Yakunda esa 8 ishtirokchimiz final bosqichiga yetib bordi. E’tiborlisi, oltin medal uchun ringga ko‘tarilgan yosh charm qo‘lqop ustalarimizning barchasi raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaga chiroyli yakun qilib berishdi. Qolgan ikki nafar vakilimiz esa bronza medali bilan taqdirlandilar.

Oltin medal sohiblari:

-35,5 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov

-38,5 kg: Hojiakbar Mahmudov

-40 kg: Farruh To‘laganov

-41,5 kg: Jamoliddiin Xoliqov

-50 kg: Lazizbek To‘lqinov

-52 kg: Dalerjon Bozorov

-57 kg: Jahongir Narziyev

-59 kg: Abdulaziz Abdurahmonov

Bronza medali egalari:

-46 kg: Boburbek Bobojonov

-54 kg: Jasurbek Mo‘minov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring