Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschilarimiz Sankt-Peterburg safariga yo‘l olishdi

Bokschilarimiz Sankt-Peterburg safariga yo‘l olishdi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yo‘l olishdi. Vakillarimiz 6-12 may kunlari bo‘lib o‘tadigan an’anaviy «Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi» musobaqasida ishtirok etishadi.

Turnirda 4 qit’aning 20 dan ziyod mamlakatidan keladigan nomdor bokschilar jam bo‘lishadi. Ushbu musobaqada qatnashadigan vakillarimiz bugun erta tongda Sankt-Peterburg safariga yo‘l olishdi. E’tiboringizga jamoamiz tarkibini havola qilamiz:

-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-60 kg: Otabek Xolmatov
-64 kg: Zoir Jumanazarov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Kahramonov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Madiyar Saidraximov
+91 kg: Obidjon Toxirov

Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Abduvohid Jalolov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring