Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bokschimiz Barselonani nokautga uchratdi

Bokschimiz Barselonani nokautga uchratdi

Foto: «sports.uz»

Vetnam poytaxti Xanoy shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida bokschilarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishdi. Unda uchta bokschimiz ringga ko‘tarilib, ularning barchasi g‘alabaga erishdi, deb xabar bermoqda «Sports.uz».

Hamyurtlarimizdan Abdurasul Ismoilov faoliyatidagi 5-jangini professional ringda bu to‘qnashuvga qadar oz emas, ko‘p emas 105 ta jang o‘tkazgan va shulardan 41 tasida g‘alaba, 63 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan filippinlik tajribali bokschi Jaimi Barselonaga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur jangda Abdurasul raqibini muddatidan oldin nokautga uchratib, beshinchi g‘alabasini nishonladi.

Yana bir qiziqarli jangda Ravshanbek Shermatov (2-0) professional ringdagi uchinchi jangini indoneziyalik Valdo Sabuga qarshi o‘tkazadi. Bu bokschi bunga qadar 26 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba va 13 mag‘lubiyat qayd etgan.

Olti raund davom etgan bokschilarning ushbu qarama-qarshiligida Ravshanbek ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun keldi va mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring