Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Braziliya — Argentina o‘yinida «ishkal» chiqdi

Braziliya — Argentina o‘yinida «ishkal» chiqdi

Braziliya politsiyasi o‘yin vaqtida stadionga tushib kelib, 4 nafar argentinalik futbolchini maydondan olib chiqib ketishga urindi. Bu holatda Argentina milliy jamoasining boshqa futbolchilari ham maydonni tark etdi. O‘yin to‘xtab qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Braziliyadagi karantin talablariga ko‘ra Britaniyadan kelganlar 14 kun karantinda bo‘lishi kerak, ammo 4 nafar APLda o‘ynovchi arnentinaliklar — Martines, Romero, Lo Chelso va Buendia maydonga tushgan.

Hodisadan keyin JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Braziliya — Argentina o‘yini o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring