Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Braziliyaning Kopa Amerikadagi eng yaxshi o‘yinchisini «Shaxtyor» sotib olmoqchi

Braziliyaning Kopa Amerikadagi eng yaxshi o‘yinchisini «Shaxtyor» sotib olmoqchi

Foto: «Fox Sports»

Donetskning «Shaxtyor» klubi «Gremio» hamda Braziliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Everton Soaresni qo‘lga kiritmoqchi.

Ammo brazil klubi uni qo‘yib yubormoqchi emas. Jurnalist Farid Germanoning yozishicha, Kopa Amerikada «selesao» tarkibida yorqin porlagan Evertonning xizmatiga Ukraina chempioni va «Manchester Siti» qiziqmoqda, ammo klub prezidenti rad javobini bergan.

Evertonning «Gremio» bilan shartnomasi 2022-yil oxirigacha tuzilgan.

Everton Kopa Amerikada perulik Paulo Gerrero bilan birga eng yaxshi  to‘purar (3 tadan gol) bo‘ldi. Ammo unda 2 ta assist ham bor, eng muhimi, Braziliya qit’a kubogini qo‘lga kiritdi.

«Gremio»da 2013-yildan beri to‘p surayotgan Everton 147 ta o‘yinda 38 gol urib, 10 golga assistentlik qilgan. Bu yilgi mavsumda esa Braziliya chempionati va Libertadores kubogida jami 12 ta o‘yinda — 6 ta gol.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring