Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi

Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi

Foto:«O‘FA»

Tailandda yakuniga yetib borayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bugun uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun ham kechadigan mazkur bahsda Avstraliya terma jamoasi bizga raqiblik qiladi.

Bo‘lajak bahs Bangkokdagi  «Rajamangala» stadionida Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi. O‘yinni BAAdan bo‘lgan Muhammad Abdulla Hassan boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga, Avstraliya esa Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergan edi. 

U-23 Osiyo chempionati. 

3-o‘rin uchun. 25 yanvar, 17:30.

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)

Avstraliya – O‘zbekiston

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring