Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun qur’a. YChL 1/8 finalida qaysi juftliklar tushishini istaysiz?

Bugun qur’a. YChL 1/8 finalida qaysi juftliklar tushishini istaysiz?

Bugun UEFAning Nondagi qarorgohida Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Jamoalar ikki savatchaga ajratilgan: guruh g‘oliblari va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar.

Bir guruhda o‘ynagan jamoalar yoki bitta chempionatda to‘p suruvchi jamoalar qur’ada o‘zaro duch kelmaydilar.

Qur’a Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Guruh g‘oliblari

  • Bavariya (Germaniya)
  • Barselona (Ispaniya)
  • Borussiya Dortmund (Germaniya)
  • Manchester Siti (Angliya)
  • Portu (Portugaliya)
  • PSJ (Fransiya)
  • Real (Ispaniya)
  • Yuventus (Italiya)

Ikkinchi o‘rin egalari

  • Atletiko (Ispaniya)
  • Ayaks (Gollandiya)
  • Liverpul (Angliya)
  • Lion (Fransiya)
  • Manchester Yunayted (Angliya)
  • Roma (Italiya)
  • Tottenxem (Angliya)
  • Shalke (Germaniya)

Guruh g‘oliblari 1/8 finalning birinchi bahslarini safarda (12/13 yoki 19/20 fevralda), javob o‘yinlarini esa (5/6 yoki 12/13 martda) — uyida o‘tkazadi.

YChL finali 1 iyun kuni Madridda — «Atletiko»ning «Vanda Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring