Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chelsi» Angliya kubogi finalida! «Manchester Yunayted» dog‘da qoldirildi

«Chelsi» Angliya kubogi finalida! «Manchester Yunayted» dog‘da qoldirildi

Foto: «The Mirror»

Angliya kubogi yarim finalida «Uembli» stadionida (19-iyul) «Chelsi» va «Manchester Yunayted» to‘qnashdi. 3:1 hisobidagi g‘alaba londonliklarni finalga olib chiqdi.

Hisob birinchi taymga qo‘shib berilgan vaqtda ochildi — Sesar Aspilikuetadan to‘pni qabul qilgan Olive Jiru nishonni aniq oldi.

Ikkinchi taym boshida Meyson Maunt urgan gol oradagi farqni yanada kattalashtirdi. 74-daqiqada «Manchester Yunayted» himoyachisi Garri Maguayr o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Brunu Fernandesh 11-metrlikdan gol urib o‘rtadagi farqni qisqartirdi.

1-avgust kuni London derbisiga guvoh bo‘lamiz: Angliya kubogi finalida «Chelsi» va «Arsenal» o‘ynaydi.

Manchester Yunayted — Chelsi: 1:3.

Gollar: Jiru (45+11), Maunt (46), Maguayr (74 — avtogol), Fernandesh (85).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring