Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Reyting: Davlat Bobonov yana peshqadam bo‘lib oldi

Reyting: Davlat Bobonov yana peshqadam bo‘lib oldi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi yil yakunidan avval dzyudochilarning yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida yana peshqadamga aylandi.

Avvalgi oyda gruziyalik Lasha Bekauridan kichik farq bilan ortda borayotgan yurtdoshimiz raqibining 2 yil avvalgi musobaqada qo‘lga kiritgan ochkolari kuyib ketgani bois yana birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Shu tariqa, Tokio-2020 sovrindori Bobonov 2021 yilni o‘z vazn toifasidagi reytingda peshqadam bo‘lib yakunlaydigan bo‘ldi.

Dzyudochilarimizning reytingdagi o‘rinlari:

-60 kg:

  1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 5140 ochko
  2. Kemran Nurillayev – 1848 ochko

-66 kg:

  1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5240 ochko
  2. Sardor Nurullayev – 3469 ochko

-73 kg:

  1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5475 ochko
  2. Hikmatilloh To‘rayev – 3055 ochko

-81 kg:

  1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 6592 ochko
  2. Sharofiddin Boltaboyev – 4356

-90 kg:

  1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 5736 ochko
  2. Lasha Bekauri – 4880 ochko

-100 kg:

  1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5420 ochko
  2. Muhammadkarim Xurramov – 2671 ochko

+100 kg:

  1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 6250 ochko
  2. Alisher Yusupov – 1503 ochko
  3. Bekmurod Oltiboyev – 1208 ochko

Ayollar:

-52 kg:

  1. Amandin Bushar (Fransiya) – 5890 ochko
  2. Diyora Keldiyorova – 2692 ochko

-70 kg:

  1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5595 ochko
  2. Gulnoza Matniyazova – 2883 ochko
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring