Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng qimmat futbolchisi o‘zgardi

Dunyoning eng qimmat futbolchisi o‘zgardi

Transfermarkt portali dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingini yangiladi.

«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoalari hujumchisi Erling Holand reyting yetakchisiga aylandi — transfer qiymati €170 mln. 22 yoshli futbolchi Transfermarkt reytinglarida eng yuqori o‘rinni egallagan ilk Angliya chempionati (APL) vakili bo‘ldi.

«Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoalari forvardi Kilian Mbappe (€160 mln) ikkinchi o‘ringa pastladi. Uchinchi — «Real Madrid» va Braziliya terma jamoasi futbolchisi Vinisius Junior (€120 mln).

«Manchester Siti» va Angliya terma jamoalari o‘yinchisi Fil Foden (€110 mln) — to‘rtinchi, «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Pedri (€90 mln) — beshinchi o‘rinda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring