Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

EChL. «Real» yana ochko yo‘qotdi, «Tottenxem»dan rekord mag‘lubiyat. Barcha natijalar

EChL. «Real» yana ochko yo‘qotdi, «Tottenxem»dan rekord mag‘lubiyat. Barcha natijalar

Kecha Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Madridning «Real» klubi o‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge» jamoasini qabul qildi va sal qolsa mag‘lubiyatga uchragan bo‘lardi. Birinchi bo‘limda Bonaventure ikki gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. E’tiborli tomoni, hujumchi gollarining har ikkisini biroz kulguli holatda, yiqilar-yiqilmas kiritgan edi.

Ikkinchi bo‘limda nihoyat «Real» o‘ziga kelib oldi va hisobni tenglashtirdi.

Shuningdek «Tottenxem» klubi o‘z maydonida «Bavariya»dan yirik, 2:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu natija ingliz klublari YeChLda qayd etgan eng yirik mag‘lubiyat bo‘lib qoldi.

Yevropa Chempionlar ligasida qayd etilgan barcha natijalar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

Chempionlar ligasi
2-tur

A guruhi
Real Madrid – Bryugge 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 9 Bonaventure, 0:2 – 39 Bonaventure, 1:2 – 55 Ramos, 2:2 – 85 Kazemiro.
Real Madrid – Kurtua (Areolya, 46), Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho (Marselo, 46), Modrich, Kazemiro, Kroos, Vaskes (Vinisius Junior, 67), Benzema, Azar.
Bryugge – Minole, Mata, Mexele, Deli, Rits, Diatta, Sobol, Vormer, Vanaken, Bonaventure (Openda, 71; Kols, 87), Tau (Sxreyvers, 90).
Ogohlantirishlar: Minole (69), Openda (77), Vormer (78), Azar (90).
Chetlatish: Vormer (84).

Galatasaray – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 52 Ikardi.
Galatasaray – Muslera, Luyindama, Donk, Markao Teysheyra, Mariano, Nzonzi, Seri, Nagatomo (Bayram, 77), Belxanda (Feguli, 62), Babel (Andone, 64), Falkao.
PSJ – Navas, Mene, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Guye, Markinos, Verratti, Sarabiya (Shupo-Moting, 71), Ikardi (Mbappe, 61), Di Mariya (Errera, 83).
Ogohlantirishlar: Ikardi (7), Di Mariya (80), Markao Teysheyra (86), Errera (90).

B guruhi
Tottenxem – Bavariya 2:7 (1:2, 1:5)
Gollar: 1:0 – 12 Son Xin Min, 1:1 – 15 Kimmix, 1:2 – 45 Levandovski, 1:3 – 53 Gnabri, 1:4 – 55 Gnabri, 2:4 – 61, penalti Keyn, 2:5 – 83 Gnabri, 2:6 – 87 Levandovski, 2:7 – 88 Gnabri.
Tottenxem – Loris, Ore, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Uinks (Lamela, 81), Ndombele (Eriksen, 64), Sissoko, Alli (Lukas Moura, 71), Son Xin Min, Keyn.
Bavariya – Noyer, Pavar, Zyule, Boateng (Martines, 72), Alaba (Alkantara, 46), Kimmix, Tolisso, Koman (Perishich, 71), Koutino, Gnabri, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Gnabri (25), Ndombele (42), Keyn (46).

Srvena Zvezda – Olimpiakos 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 37 Ruben Semedu, 1:1 – 62 Vulich, 2:1 – 87 Milunovich, 3:1 – 90 Boachi.
Srvena Zvezda – Boryan, Gobelich, Milunovich, Degenek, Rodich, Yovanchich (Vulich, 55), Kanyas (Petrovich, 73), Garsiya, Marin, van La Parra (Boachi, 61), Tomane.
Olimpiakos – Joze Sa, Torosidis, Ruben Semedu, Merya, Simikas, Buxalakis, Kamara (Al-Arabi, 89), Masuras (Al Abdullohi, 79), Benziya, Lovera (Podense, 61), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Rodich (26), van La Parra (36), Benziya (42), Boachi (80), Petrovich (83), Torosidis (90), Marin (90).
Chetlatish: Benziya (57).

C guruhi
Atalanta – Shaxter 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 28 Sapata, 1:1 – 41 Morayes, 1:2 – 90 Solomon.
Atalanta – Gollini, Toloi, Palomino, Masello (Muriel, 68), Xatebur (Gosens, 57), de Ron, Pashalich, Kastan, Gomes, Ilichich (Malinovskiy, 57), Sapata.
Shaxter – Pyatov, Bolbat (Dodo, 90), Krivsov, Matviyenko, Ismoiliy, Stepanenko, Marlos (Konoplyanka, 86), Kovalenko, Alan Patrik (Solomon, 69), Tayson, Morayes.
Ogohlantirishlar: Krivsov (15), Stepanenko (35), Ilichich (44), Morayes (45), de Ron (49), Bolbat (64), Toloi (80), Malinovskiy (90).

Manchester Siti Angliya – Dinamo Zagreb Xorvatiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 66 Sterling, 2:0 – 90 Foden.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Fernandino, Otamendi, Mendi, Gyundogan, Rodri Ernandes, Silva (Foden, 90), Marez, Aguero (Gabriel Jezus, 89), Bernardu Silva (Sterling, 56).
Dinamo Zagreb – Livakovich, Stoyanovich, Teofil-Katrin (Gavranovich, 76), Dilaver, Perich, Leovats, Ademi, Moro, Olmo, Orshich (Goyak, 62), Petkovich (Atemven, 84).
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (19), Perich (69), Fernandino (90).

D guruhi
Lokomotiv – Atletiko 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 48 Joau Feliks, 0:2 – 58 Tomas.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev (Eder, 80), Xevedes, Chorluka, Ribus, Serkeyra, Jamolitdinov (Idovu, 33), Barinov, Krixovyak, Joau Mariu, Smolov (Kolomeysev, 83).
Atletiko – Oblak, Aryas, Ximenes, Felipe, Lodi, Joau Feliks (Ermoso, 84), Tomas, Koke (Korrea, 87), Saul, Diyego Kosta (Lemar, 77), Morata.
Ogohlantirishlar: Tomas (29), Ignatev (62), Felipe (82), Joau Mariu (85).

Yuventus – Bayer 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Iguain, 2:0 – 61 Bernardeski, 3:0 – 88 Ronaldu.
Yuventus – Shchensni, Kuadrado, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Xedira (Bentankur, 74), Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Remzi, 78), Iguain (Dibala, 83), Ronaldu.
Bayer – Gradetski, Vayzer, Ta, Bender, Vendell, Xaverts, Arangis (Sinkgraven, 80), Baumgartlinger, Demirbay (Amiri, 46), Folland, Alario (Paulino, 68).
Ogohlantirishlar: Arangis (19), Kuadrado (55).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring