Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper Livanga qarshi himoyaviy tarkib tanladi

Ektor Kuper Livanga qarshi himoyaviy tarkib tanladi

Foto: «Ufa.uz»

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda Avstraliyada o‘z yig‘inini o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘in doirasida Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadilar.

O‘yinlarning dastlabkisi bugun Livan terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi. O‘yinni Shon Evans boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarishadi.

Ushbu uchrashuvga terma jamoamizning boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi. Yuqorida keltirilgan tarkibdan ko‘rish mumkinki, Ektor Kuper bugun himoyaviy usulni sinovdan o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz yanvar oyida BAA mezbonlik qiladigan Osiyo kubogida ishtirok etadi va mazkur yig‘in qit’aning eng nufuzli musobaqaga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Yig‘in doirasida ikkinchi o‘yin 20 noyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring