Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«El Klasiko»da «Barselona» g‘alaba qozondi (video)

«El Klasiko»da «Barselona» g‘alaba qozondi (video)

«Barselona» AQShda tashkil etilgan turnida Madridning «Real» klubini mag‘lub etdi.

Kataloniyaliklarga g‘alaba keltirgan yagona golni jamoaning yangi a’zosi – braziliyalik Rafinya kiritdi.

U «Lids»dan ko‘chib o‘tgandan keyin ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi. Qanot hujumchisi o‘yinning 27-daqiqasida chiroyli zarbasi bilan Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaning «to‘qqizligini» nishonga oldi.

E’tiborlisi, Rafinya o‘zining debyut o‘yinida ham bir gol urib, ikki golli pas qilishga erishgandi.

Real Madrid – Barselona – 0:1

Gol: 0:1 - 27 Rafinya.

«Real Madrid» - Kurtua, Alaba (Nacho 46), Militao (Valexo 62), Ryudiger (Mendi 46), Valverde (Modrich 46), Tchuameni (Kroos 46), Kamavinga (Kasemiro 46), Vaskes (Odriosola) , 71), Azar (Asensio, 46), Vinisius Junior (Mariano Dias, 70), Rodrigo (Sebalios, 70).

Barselona – Ter Shtegen (Penya 62), Arauxo (Dest 63), Kristensen (de Yong 46), Erik Garsiya (Pike 63), Alba (Balde 46), Buskets (Niko Gonsales 63), Pedri (Serxi Roberto, 63), Gavi (Kessi, 46), Levandovski (Obameyang, 46), Rafinya (Depay, 63), Fati (Dembele, 46).

Ogohlantirishlar: Kristensen (34), Alba (43), Buskets (54), Vaskes (65), Kessi (74).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring