Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eldor Shomurodov Lionel Messidan o‘zib ketdi

Eldor Shomurodov Lionel Messidan o‘zib ketdi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 2019-yil davomida xalqaro maydonlarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, xalqaro maydonlarda Krishtianu Ronaldu eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi. U Portugaliya milliy jamoasida 14 ta, «Yuventus» klubi safida yevrokuboklarda 7 ta gol urgan.

Ushbu reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ham bor. U hisobidagi 13 ta gol bilan 11-o‘rindan joy olgan. Eng qizig‘i, u faqat terma jamoa safida shuncha gol urgan. Boshqalarda esa klubda urgan gollari ham qo‘shilgan.

Bu natija bilan Eldor Shomurodov Sardor Azmun, Lionel Messi, Gabriel Jezus, Son Xyon Min, Sadio Mane, Romelu Lukaku singari hujumchilarni ortda qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring