Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eldor Shomurodov maydonga tushishi bilan gol urdi

Eldor Shomurodov maydonga tushishi bilan gol urdi

Italiya chempionatining 23-turida Eldor Shomurodov to‘p suradigan «Jenoa» klubi «Verona»ni qabul qildi.

O‘zbekistonlik futbolchi «Jenoa»ning boshlang‘ich tarkibiga kiritilmadi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida «Verona» hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshidanoq maydonga Eldor tushirildi va ikki daqiqa ichida o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Bu Shomurodovning «A» Seriyadagi uchinchi goli bo‘ldi.

Jenoa — Verona 2:2

Gollar: Shomurodov, 48, Badel, 90+4 - Ilich, 17, Faraoni, 61

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring