Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eldor Shomurodov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar

Eldor Shomurodov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxatida. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Fox Sport Asia nashri tomonidan 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar sirasiga yana shuningdek Takumi Minamino («Liverpul»), Son Xin Min («Tottenxem»), Paulino («Guanchjou Evergrand») va boshqalar ham kiritilgan. Ro‘yxatda umumiy hisobda 24 futbolchi bor.

Eng yaxshi futbolchi qit’aning yetakchi nashrlari beradigan ovozga ko‘ra aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu mukofot Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan aniqlanadigan «Osiyoning yil futbolchisi» unvoniga aloqador emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring