Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodovga La Liga superklubi qiziqib qoldi

Eldor Shomurodovga La Liga superklubi qiziqib qoldi

Foto: «championat»

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga Ispaniyaning «Sevilya» klubi qiziqib qolgan. Sevilyaliklar sport direktori, taniqli mutaxassis Ramon Monchi o‘zbekistonlik futbolchini kelgusi yozda «Sevilya»ga olib o‘tishi mumkin. Bu haqda mutaxassisga yaqin manba xabar tarqatgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, «Rostov» to‘purari ispan klubining yozgi transfer oynasidagi maqsadlaridan biriga aylangan.

Eldor Rossiya chempionatining ushbu mavsumida 10 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatida bormoqda. Shuningdek, u so‘nggi o‘yinlarda golga assistentlik qilish qobiliyatini ham namoyish qilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring