Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p haqoratga uchragan sportchilar aniqlandi

Eng ko‘p haqoratga uchragan sportchilar aniqlandi

2020-yil yakunlari bo‘yicha eng ko‘p haqoratga uchragan sportchilarning ro‘yxati tuzildi. «Pickwise» portali o‘tkazgan tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari qoldirgan salbiy munosabatlarga asoslandi.

Ro‘yxatda taniqli futbolchilar, basketbolchilar, amerikancha futbol o‘ynovchilar va boshqalar bor.

Demak, ushbu ro‘yxatni mashhur basketbolchi, «Los-Anjeles Leykers» hujumchisi LeBron Jeyms boshqarmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda uning sha’niga 122 568 marta haqorat yog‘dirilgan. Ikkinchi o‘rinda ham hujumchi — «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi futbolchisi Markus Reshford (32 328), NFL (amerikancha futbol ligasi) «Tampa-Bey Bakkanirs» jamoasi o‘yinchisi Tom Bredi (28 151) — uchinchi o‘rinda.

Top-10da shuningdek, «Bruklin Nets» basketbolchisi Kevin Dyurant (4-o‘rin), «Yuventus»ning portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldu (8-o‘rin), NBAning «Golden Steyt Uorriors» jamoasi basketbolchisi Stefen Karri (9-o‘rin) va «Fenerbaxche» futbolchisi Mesut O‘zil (10-o‘rin) kabi taniqli sportchilar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring