Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Italiya chempioni aniqlanishi mumkin: «Inter»da yana g‘alaba

Ertaga Italiya chempioni aniqlanishi mumkin: «Inter»da yana g‘alaba

Foto: «Sport RIA Novosti»

Italiya chempionati 34-turida peshqadam «Inter» eng oxirgi o‘ringa tushib ketgan «Krotone» mehmoni bo‘ldi.

Eriksen va Hakimining gollari keltirgan g‘alaba «Inter»ning  ochkolarini 82 taga yetkazdi, eng yaqin ta’qibchi «Atalanta» bilan o‘rtadagi farq 14 ochkoga yetdi.

«Krotone» masalasi esa allaqachon hal bo‘lgan — atigi 18 ochko to‘plagan jamoa A Seriya bilan xayrlashmoqda.

Ertaga «Atalanta» safarda «Sassuolo»ga qarshi o‘ynaydi: soat 18:00 da boshlanadi. Neroverdilar unchalik ham «mehmondo‘st» emasligini Italiya futboli ishqibozlari yaxshi bilishadi. Qolaversa, chempionatda qatorasiga to‘rt o‘yindan beri «Sassuolo» faqat g‘alaba qozonyapti va nazariy jihatdan yevrokuboklar uchun kurashmoqda — 8-o‘rin (52 ochko). Oson bo‘lmagan bu o‘yinda bergamoliklar ochko yo‘qotishi o‘z-o‘zidan «Inter»ni chempionga aylantiradi.

A Seriya, 34-tur

«Krotone» — «Inter» 0:2

Gollar: Eriksen (69), Hakimi (90+3).

2-may kuni Angliya chempioni ham muddatidan avval aniqlanishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring