Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevro-2020 saralashida Albaniyaniki o‘rniga Andorra madhiyasini qo‘yib yuborishdi, kechirimni esa Armanistondan so‘rashdi... (video)

Yevro-2020 saralashida Albaniyaniki o‘rniga Andorra madhiyasini qo‘yib yuborishdi, kechirimni esa Armanistondan so‘rashdi... (video)

Foto: «India.com»

Yevro-2020 saralashi doirasida Parijda Fransiya va Albaniya milliy jamoalari uchrashdi. O‘yinda stadion xodimlarining xatosi bilan mehmon jamoa uchun Andorra madhiyasi qo‘yib yuborildi. Alban futbolchilari begona madhiyani eshitib qay holatga tushgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Mehmonlar «to‘g‘ri madhiya» qo‘yilmas ekan, o‘ynamaymiz deb turib olishdi. Shuni deb ham o‘yin vaqtidan yetti daqiqa kech boshlandi. Oxiri kerakli madhiyani amallab topishdi, stadion uzra alban ohangi yangradi.

Shu bilan tugaganda mayli ediku-ya...

Keyingi «qovun»ni stadion diktori tushirdi: u anglashilmovchilik uchun «arman muxlislari»dan kechirim so‘rab, «arman madhiyasi»ni hurmat qilishga chaqirdi...

Shu kuni albanlarning umuman omadi chopmadi, o‘yin Fransiya terma jamoasining 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring