Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Chempionlar ligasi: «Real» xet-trikka erishdi

Yevropa Chempionlar ligasi: «Real» xet-trikka erishdi

Foto: «Ghmediahub.com»

Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida 26-may kuni Yevropa klublarining eng nufuzli turniri — Chempionlar ligasi finalida «Real» (Madrid) va «Liverpul» to‘qnash keldi. O‘yinning asosiy vaqti madridliklarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuv taqdirini Karim Benzema (51) va Garet Beyl(64, 83)ning gollari hal qildi. «Mersisaydliklar» safida Sadio Mane (55) yagona gol muallifi bo‘ldi.

Birinchi taymning o‘rtalarida Muhammad Salohning yelkasidan jarohat olib maydonni tark etishi liverpulliklarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.

Ikkinchi taym boshlarida Karim Benzema «qizillar» darvozaboni Loris Kariusning qo‘pol xatosini golga aylantirdi — 1:0. Oradan 4 daqiqa o‘tib senegallik vinger Sadio Mane muvozanatni tikladi — 1:1. Maydonga 64-daqiqada tushirilgan Garet Beyl «qaychi usuli»da urgan ajoyib goli bilan ispanlarni oldinga olib chiqdi — 2:1. Unga Marselo assistentlik qildi. O‘yin oxirlarida Beylning uzoqdan yo‘llagan yana bir ajoyib zarbasi va Kariusning navbatdagi xatosi o‘yin taqdirini uzil-kesil hal qildi — 3:1.

Ketma-ket uchinchi mavsumda g‘alaba qozongan Madridning «Real» klubi o‘ziga xos xet-trikni nishonladi va Yevropa Chempionlar ligasidagi sovrinlari sonini 13taga yetkazib oldi.

Uchrashuv statistikasi («Real» — «Liverpul»)

  • Zarbalar — 12/5
  • To‘g‘ri yo‘llangan zarbalar — 6/2
  • To‘pga egalik qilish — 64 foiz/36 foiz
  • Qoida buzishlar — 4/17

Tarkiblar:

«Real»: Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Kroos, Modrich, Kazemiro, Isko, Ronaldu, Benzema.

«Liverpul»: Karius, Van Deyk, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, Milner, Veynaldum, Henderson, Firmino, Saloh, Mane.

Bosh hakam: Milorad Majich.

Ogohlantirish: Mane — 83.

Gollar: Benzema 51 — 1:0, Mane 55 — 1:1, Beyl 64 — 2:1, Beyl 83 — 3:1.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring