Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada Keniyaga qarshi o‘ynaydigan O‘zbekiston OTJ tarkibida yangi nomlar bor

Farg‘onada Keniyaga qarshi o‘ynaydigan O‘zbekiston OTJ tarkibida yangi nomlar bor

Foto: «The-uff.com»

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi shu yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo‘yilgan.

Bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston OTJ uchun 23 va 26-mart kunlari Keniya terma jamoasiga qarshi yurtimizda 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Mazkur bahslarga Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov quyidagi futbolchilarni chaqirgan:

Darvozabonlar:

Dilshod Hamroyev (So‘g‘diyona)

Rahimjon Davronov (Mash’al)

Umidjon Ergashev (Nasaf)

Himoyachilar:

Doston Tursunov (Neftchi)

Hojiakbar Alijonov (Paxtakor)

Husniddin G‘ofurov (Neftchi)

Islomjon Qobilov (Bunyodkor)

Abbos Otaxonov (Metallurg)

Avaz Mamatxo‘jayev (Qo‘qon-1912)

Abdujamol Isroilov (Neftchi)

Yarim himoyachilar:

Sharof Muhitdinov (Nasaf)

Muhammadanas Hasanov (Qo‘qon-1912)

Oston O‘runov (Navbahor)

Oybek Rustamov (Qo‘qon-1912)

Doston Hamdamov (Anji, Rossiya)

Azizjon G‘aniyev (Nasaf)

Islom Kenjaboyev (Nasaf)

Suxrob Nurulloyev (Metallurg)

Aziz Amanov (Lokomotiv)

Nurullo To‘xtasinov (So‘g‘diyona)

Aziz Turg‘unboyev (Navbahor)

Hujumchilar:

Bobur Abduxoliqov (Nasaf)

Zabihullo O‘rinboyev (Metallurg)

Andrey Sidorov (Qizilqum)

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 20-21-mart kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazadi. Keyin esa Keniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish uchun Farg‘onga yo‘l oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring