Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fazliddin G‘oibnazarov yanvarda AQShda jang o‘tkazadi

Fazliddin G‘oibnazarov yanvarda AQShda jang o‘tkazadi

Foto:«Gazeta.uz»

Riodagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschi Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi yettinchi jangini yanvar oyida o‘tkazadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi. 

Fazliddin 18-yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring