Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Formula-1» jamoasi bu yilgi barcha ochkolaridan mahrum bo‘ldi

«Formula-1» jamoasi bu yilgi barcha ochkolaridan mahrum bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

«Fors Indiya» jamoasi o‘z nomini «Reysing Poynt Fors Indiya»ga o‘zgartirdi va bo‘lg‘usi Belgiya gran-prisida shu nom ostida qatnashadi, deb xabar bermoqda «Sportmail.ru»

Bu shuni anglatadiki, jamoa «Formula-1» musobaqalarining 2018-yil mavsumida to‘plagan barcha ochkolari va o‘tgan mavsumdagi mukofotlaridan mahrum bo‘ldi. Bu faktni Xalqaro avtomobil federatsiyasi rasman tasdiqladi.

«Fors Indiya» Konstruktorlar kubogida 59 ochko bilan oltinchi o‘rinda ketayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Vengriyadagi gran-pri kunlarida jamoada tashqi boshqaruv joriy etilgan, keyinchalik u «Uilyams» jamoasi piloti Lens Strollning otasi — Lourens Stroll boshchiligidagi kanadalik biznesmenlar konsorsiumi ixtiyoriga o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring