Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«France Football» tarixdagi eng yaxshi 30 ta hujumchini e’lon qildi

«France Football» tarixdagi eng yaxshi 30 ta hujumchini e’lon qildi

Foto: «Goodfon.ru»

«France Football» jurnali o‘zining saytida barcha zamonlarning eng yaxshi ramziy terma jamoasiga kirishga da’vogarlik qilayotgan futbolchilar ro‘yxatini chop etishni boshladi.

Dushanba kuni nashr xodimlari dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalaridagi 177 nafar hamkasbi orasida so‘rovnoma o‘tkazib, futbol tarixidagi eng yaxshi markaz, chap va o‘ng qanot hujumchisiga da’vogarlarni taqdim etdi.

So‘rovnoma g‘olibi dekabrda e’lon qilinadigan ramziy terma jamoa tarkibiga kiritiladi.

10 ta eng yaxshi markaziy hujumchi:

Gollandiyalik Dennis Bergkamp, germaniyalik Gerd Myuller, gollandiyalik Yoxan Kroyf, braziliyalik Romario, shotlandiyalik Kenni Dalglish, braziliyalik Ronaldo, portugaliyalik Eusebio, gollandiyalik Marko van Basten, vengriyalik Shandor Kochish va liberiyalik Jorj Vea.

10 ta eng yaxshi o‘ng qanot hujumchisi:

Angliyalik Devid Bekxem, braziliyalik Jairzino, shimoliy irlandiyalik Jorj Best, angliyalik Kevin Kigan, kamerunlik Samyuel Eto‘O, angliyalik Stenli Metyuz, portugaliyalik Luish Figu, argentinalik Lionel Messi, braziliyalik Garrincha va gollandiyalik Aren Robben.

10 ta eng yaxshi chap qanot hujumchisi:

Sobiq Ittifoqdan Oleg Bloxin, braziliyalik Rivaldo, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, braziliyalik Roberto Rivelino, yugoslaviyalik Dragan Jaich, braziliyalik Ronaldino, uelslik Rayan Giggz, germaniyalik Karl-Xayns Rummenigge, fransiyalik Terri Anri va bolgariyalik Xristo Stoichkov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring