Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol hakami janjalli penaltilar uchun qamoqqa tashlandi

Futbol hakami janjalli penaltilar uchun qamoqqa tashlandi

Foto: «Zemetchino.pnzreg.ru»

Futbol hakami Srdjan Obradovich korrupsiyada ayblanib 15 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, deya xabar berdi «The Sun».

Serbiya Oliy sudi Korrupsiyaga qarshi kurash departamenti hakamni uch yil oldingi harakatlari uchun jazoladi. Sud majlisida janjalli uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilardan biri ham ishtirok etdi.

Qamoqdan tashqari Obradovich futboldan o‘n yilga chetlatildi. Shunday qilib, hakam 2018-yilgi o‘yinda ikkita janjalli penalti uchun jazolandi.

Obradovich Serbiya chempionatining pley-off bosqichida «Rodnichki» – «Spartak» uchrashuvini boshqargan. «Rodnichki» darvozasiga hakam tomonidan belgilangan ikkala penalti ham keyinchalik xato deb topildi. Ushbu qarorlar «Spartak»ning g‘alabasiga olib keldi va Yevropa Ligasining saralash bosqichiga o‘tishiga imkon berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring