Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Futbol haqida gapirmaslik mumkin emas» — Shavkat Mirziyoyev

«Futbol haqida gapirmaslik mumkin emas» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv davomida viloyat futboliga yuqori baho berdi.

— Qashqadaryoga kelib, futbol haqida gapirmaslik mutlaqo mumkin emas.

Viloyatda bugungi kunda oliy ligada ishtirok etadigan «Nasaf», «Sho‘rtan», «Mash’al» hamda Osiyo va Yevropada tanish bo‘lgan ayollarning «Sevinch» professional futbol klublari faoliyat yuritmoqda.

Ushbu klublar tarbiyalanuvchilari Otabek Shukurov va Azizjon G‘aniyevlar bugungi kunda O‘zbekistonimiz nufuzini butun dunyoga tarqatmoqda.

Shuni hisobga olib, viloyatda futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiramiz.

Jumladan, Shahrisabz shahrida bolalar va o‘smirlar futbol mahorati maktabi tashkil etilib, unda 154 nafar iqtidorli yosh futbolchilar tayyorlanadi.

Qarshi shahridagi bolalar va o‘smirlar futbol mahorati maktabi uchun zamonaviy sport bazasi barpo etiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek amaldagi davlat rahbari Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi tumanlaridagi stadionlar to‘liq ta’mirlanishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring