Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol mavsumini O‘zbekiston Superkubogi ochib beradi

Futbol mavsumini O‘zbekiston Superkubogi ochib beradi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Yurtimizda yangi futbol mavsumini O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘tkaziladigan uchrashuv ochib beradi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Mamlakat Superkubogi uchun kechadigan uchrashuvda O‘zbekistonning amaldagi chempioni – «Lokomotiv» hamda 2018-yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari g‘olib chiqish uchun bahs yuritishadi.

O‘zbekiston Superkubogi-2019 o‘yini 23-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs poytaxtimizdagi «Paxtakor» stadionida o‘tadi va soat 15:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Superkubogini o‘tkazish bo‘yicha nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, g‘olib uchrashuv asosiy vaqtida qayd etiladigan natijaga asosan aniqlanadi. Agar uchrashuv asosiy vaqti durang natija bilan tugasa, har biri 15 daqiqadan iborat 2 ta qo‘shimcha bo‘limlar o‘tkaziladi. Mabodo qo‘shimcha vaqtda ham g‘olib nomi aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Qayd etish joiz, Superkubok uchrashuvi vaqtida olinadigan sariq va qizil kartochkalar O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida ham amal qiladi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuvlar shu paytga qadar 4 marta o‘tkazilgan.

  • 1999-yil. Navbahor (Namangan) 4:2 Paxtakor (Toshkent)
  • 2014-yil. Bunyodkor (Toshkent) 2:1 Lokomotiv (Toshkent)
  • 2015-yil. Lokomotiv (Toshkent) 4:0 Paxtakor (Toshkent)
  • 2016-yil. Nasaf (Qarshi) 1:0 Paxtakor (Toshkent)
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring