Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Futbol qiroli» Pele 80 yoshga to‘ldi

«Futbol qiroli» Pele 80 yoshga to‘ldi

Foto: «Reuters»

Bugun afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele 80 yillik yubileyini nishonlamoqda. Edson Arantis du Nasimentu — Pele 1940-yilning 23-oktyabr kuni tavallud topgan.

Foto: «EAST NEWS»

Pele futbol tarixida uch karra jahon chempioni bo‘lgan yagona inson: Braziliya terma jamoasi safida 1958, 1962 va 1970-yillarda mundialni yutgan. Terma jamoada o‘ynab, 77 ta gol urgan, bu ham mutlaq rekord.

1969-yilning 19 noyabr kuni Pele o‘zining 1000-golini urgan. Voqea mashhur «Marakana» stadionida yuz bergan, Pele o‘n bir metrlikni golga aylantirgandi. Umuman olganda, «qirol» faoliyati davomida 1363 ta o‘yinda 1289 ta gol muallifi bo‘lgan.

Braziliyaning «Santos» hamda AQShning «Nyu-York Kosmos» jamoalarida to‘p surgan. Futboldagi faoliyatiga 1977-yili nuqta qo‘ygan. 1995-yilda esa Braziliya sport vaziri etib tayinlangan.

1999-yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Peleni asr sportchisi deb topdi, 2000-yilda FIFA uni XX-asrning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring