Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi

Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat futboli rivojiga to‘sqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qo‘yilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qo‘l urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Endi, tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, futbol rivojiga to‘sqinlik qiladigan ta’magirlik, korrupsiya, porxo‘rlik, kelishilgan o‘yinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash ayovsiz bo‘ladi.

Tashkilot o‘tgan yildagidan farqi o‘laroq, endi faqatgina o‘z inspeksiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashuvchi davlat muassasalari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Ya’ni, futbol rivojiga to‘sqinlik qilayotgan shaxslarga, guruhlarga qarshi kurash yuzasidan O‘FA mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura yordamiga tayanishga harakat qiladi. 

Maxsus inspeksiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, O‘FA yoki PFLda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, o‘zi qonunlarga zid ish ko‘rayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar kuni PFL Sport bo‘limi mutaxassisi tamagirlik ustida ushlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring