Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Grizmann dubl qilgan, Messi qizil kartochka olgan finalda «Barselona» mag‘lub bo‘ldi (video)

Grizmann dubl qilgan, Messi qizil kartochka olgan finalda «Barselona» mag‘lub bo‘ldi (video)

Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Real»ni mag‘lub etgan «Atletik B» final bahsida «Barselona»ni ham mag‘lub etdi.

Final bahsida birinchi bo‘limda Antuan Grizmann kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq bilbaoliklar darhol javob qaytarishdi. Oskar de Markos gol muallifi bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida Grizmann navbatdagi golini urdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida «Atletik B» mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Qo‘shimcha bo‘limda Inyaki Uilyams chiroyli gol urib, bilbaoliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. «Barselona» har qancha harakat qilmasin, vaziyatni o‘nglay olmadi. Qolaversa, uchrashuv yakunlanishi arafasida Lionel Messi qizil kartochka oldi.

Shu tarzda Ronald Kuman «Barselona» boshqaruvida dastlabki sovrinini boy bergan bo‘lsa, «Atletik»ka bosh murabbiy etib tayinlanganiga 2 hafta bo‘lgan Marselino Toral superkubokka ega chiqdi.

Ispaniya Superkubogi

Final. 17-yanvar, yakshanba

«Barselona» — «Atletik B» 2:3

Gollar: 1:0 – 40 Grizmann, 1:1 – 42 De Markos, 2:1 – 77 Grizmann, 2:2 – 90 Vilyalibre, 2:3 – 93 Uilyams.

«Barselona»: ter Shtegen, Dest (Mingesa, 46), Arauxo, Langle (Trinkau, 105), Alba, de Yong, Buskets (Puch, 97), Pedri (Pyanich, 88), Dembele (Breytueyt, 88), Messi, Grizmann.

«Atletik B»: Unai Simon, Balensiaga (Lekue, 83), Yeray Alvares, Martines (Nunes, 95), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 83), Dani Garsiya, Muniain, Vensedor (Vesga, 81), Kapa (Berenger, 81), Uilyams (Morsilyo, 105).

Ogohlantirishlar: Langle (11), Dani Garsiya (67), Vilyalibre (109), Morsilyo (110), Alba (114).

Chetlatish: Messi (120).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring