Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018 guruh bosqichi. Ramziy terma jamoa, statistika va eng, eng, eng...

JCh-2018 guruh bosqichi. Ramziy terma jamoa, statistika va eng, eng, eng...

Foto: FIFA

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichi yakunlanganidan xabaringiz bor. Ushbu bosqichda murosasiz o‘yinlarni ham, o‘ziga xos sensatsiyalarni ham, rekordlarni ham ko‘rdik. Keling, guruh bosqichini bir sarhisob qilaylik. 

UMUMIY STATISTIKA

JCh-2018 guruh bosqichida o‘tgan 48 ta uchrashuvda jamoalar jami 122 ta gol urdi. Shunda har bir o‘yinga 2,5 tadan gol to‘g‘ri keladi.

Terma jamoalar 36349 ta pasni amalga oshirgan bo‘lib, shundan har bir o‘yinga 757,3 ta pas to‘g‘ri keladi.

Guruh bosqichida jami 158 ta sariq va 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Shunda har bir o‘yinga 3,4 ta sariq, 0,06 ta qizil kartochka to‘g‘ri keladi.

Ushbu bosqichda Fransiya va Daniya o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi, qolgan barcha o‘yinda gol urilgan.

GURUH BOSQIChI: ENG, ENG, ENG...

Eng yirik hisoblar

Rossiya — Saudiya Arabistoni — 5:0.

Angliya — Panama — 6:1.

Eng ko‘p tomoshabin

«Lujniki» stadioni

Rossiya — Saudiya Arabistoni — 78011 tomoshabin.

Germaniya — Meksika — 78011 tomoshabin.

Portugaliya — Marokash — 78011 tomoshabin.

Daniya — Fransiya — 78011 tomoshabin.

Eng kam tomoshabin

«Sentralniy» stadioni

Misr — Urugvay — 27015 tomoshabin.

Eng ko‘p gol urgan jamoa

Belgiya — 9 ta.

Eng ko‘p hujum qilgan jamoa

Germaniya — 252 marta.

Eng ko‘p pas bergan jamoa

Ispaniya — 2089 ta.

Eng yaxshi himoya

Eron terma jamoasi.

Eng ko‘p hujum qilgan futbolchi

Neymar (Braziliya) — 17 marta.

Eng ko‘p yugurgan futbolchi

Kristian Eriksen (Daniya) — 36 km.

Eng ko‘p pas bergan futbolchi

Toni Kroos (Germaniya) — 310 ta.

Eng ko‘p seyv qilgan darvozabon

Gilermo Ochoa (Meksika) — 17 ta.

Eng omadsiz futbolchi

Lionel Messi (Argentina).

Eng omadsiz jamoa

Germaniya terma jamoasi.

Eng ko‘p gol urilgan o‘yin

Belgiya – Tunis, 2-tur, 7 ta gol.

Eng ko‘p hujum qilingan o‘yin

Belgiya – Tunis, 2-tur, 31 marta.

Eng qo‘pol o‘yin

Belgiya – Panama, 1-tur, 8 ta sariq kartochka.

Eng ko‘p pas berilgan o‘yin

Portugaliya – Ispaniya, 1-tur, 997 ta.

Eng ko‘p sariq kartochka olgan jamoa

Panama — 11 ta.

Eng ko‘p fol ishlatgan jamoalar

Janubiy Koreya — 63 ta;

Marokash — 62 ta.

GOLURARLAR

5 ta

Harri Keyn (Angliya, 2 tasi penaltidan)

4 ta

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 1);

Romelu Lukaku (Belgiya).

3 ta

Denis Cherishev (Rossiya);

Diyego Kosta (Ispaniya).

AVTOGOLURARLAR

Edson Alvares (Meksika);

Aziz Bexich (Avstraliya);

Aziz Buxadduz (Marokash);

Yann Zommer (Shveysariya);

Yassin Meriya (Tunis);

Ahmad Fathiy (Misr);

Tiagu Sionek (Polsha);

Denis Cherishev (Rossiya);

Ogenekaro Etebo (Nigeriya). 

Guruh bosqichining ramziy terma jamoasi («Xabar.uz» versiyasi)

Gilermo Ochoa (Meksika) – Kiran Tripper (Angliya), Jon Stounz (Angliya), Diyego Godin (Urugvay), Aleksandr Kolarov (Serbiya) – Felipe Koutino (Braziliya), Luka Modrich (Xorvatiya), Isko (Ispaniya) – Harri Keyn (Angliya), Romelu Lukaku (Belgiya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya). 

Guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi («Xabar.uz» versiyasi)

Guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu deb topildi. Chunki aynan u 2 ta turda o‘z terma jamoasi uchun hal qiluvchi gollar urgan. Bitta goli mag‘lubiyatdan asragan bo‘lsa, ikkinchisi g‘alaba keltirgan.


Bugun, 30-iyundan JCh-2018ning nimchorak final bosqichiga start beriladi. Soat 19:00 da Argentina - Fransiya kuch sinashsa, soat 23:00 da Urugvay - Portugaliya dueliga guvoh bo‘lamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring