Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gvardiola Mourinyudan o‘tib ketdi — chinakam kurash endi boshlandi

Gvardiola Mourinyudan o‘tib ketdi — chinakam kurash endi boshlandi

Foto: «Getty Images»

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Yevropa chempionlar ligasida erishgan g‘alabalari soni 82 taga yetdi.

Kecha oqshom 1/8 finalning javob uchrashuvida «Manchester Siti» Myonxengladbaxning «Borussiya»sini 2:0 (birinchi o‘yin ham 2:0) mag‘lub etdi.

Shu tariqa 50 yoshli Gvardiola YeChLdagi g‘alabalari soni bo‘yicha ko‘pincha o‘zi bilan solishtiriladigan Joze Mourinyu («Tottenhem» bosh murabbiyi)dan o‘tib ketdi.

Ammo Xosep hozircha to‘rtinchi o‘rinda — Arsen Venger (86) va Karlo Anchelotti (89)ga yetishiga oz qoldi, ser Aleks Fergyuson (102)ni «taxtdan tushirish» uchun esa hali ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Buyoqda Mourinyu ham indamay o‘tiradiganlar xilidan emas: Pep-Mour poygasi davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring