Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib bo‘lajak raqibini «sindira» olmaydi. Uning murabbiyi buni tan oldi

Habib bo‘lajak raqibini «sindira» olmaydi. Uning murabbiyi buni tan oldi

Foto: «sportbox.ru»

UFCning yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes kelgusi yilning 18 apreliga rejalashtirilgan amerikalik Toni Fergyuson bilan jangdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Habib bu raqibini «sindira» olmaydi, ammo uni mag‘lub etishning uddasidan chiqadi.

«Bu yigitlar allaqachon to‘rt marta jang qilishlari mumkin edi. Qo‘rquv haqida gap-so‘z yo‘q. Ikkala jangchi ham hech narsadan qo‘rqishmaydi. Shuning uchun, ularning hech biri osonlikcha «sinmaydi». Asosiy masala kim g‘olib bo‘lishida.

Habibning murabbiyi sifatida Tonini «sindirish» mumkinligiga ishonamanmi? Yo‘q. Uni sindirib bo‘lmaydi. Biroq bu uni mag‘lub etish mumkinmas, degani emas»,  deydi Mendes «AKA Fight News»ga bergan intervyusida.

Nurmagomedov MMAdagi 28 jangda 28 g‘alaba qozongan. Fergyuson ham aralash yakkakurashlarda 28ta jang o‘tkazgan, ammo ularning 25tasida g‘alaba qozongan va uchtasida mag‘lubiyatga uchragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring