Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib musobaqalardan chetlatilsa UFC milliard dollar yo‘qotarkan

Habib musobaqalardan chetlatilsa UFC milliard dollar yo‘qotarkan

Foto: «Sovsport.ru»

Aralash janglar ustasi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiy Abulmannop Nurmagomedov «Sovetskiy sport» nashriga bergan intervyusida o‘g‘liga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jazo choralari haqida gapirdi. «Agar UFC Habibni yarim yildan ko‘proq muddatga musobaqalardan chetlatsa, kamida millard dollar yo‘qotadi», dedi A.Nurmagomedov.

Gap rossiyalik sportchining Konor Makgregor bilan o‘tkazgan jang nihoyasidagi xatti-harakatlari haqida ketyapti. O‘sha jangning 4-raundida raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etgach, Habibning asablari raqib murabbiyning haqoratlariga dosh bermay oktagondan sakrab o‘tib, «og‘zi polvon»ga tashlangan edi.

Ushbu holat bo‘yicha tegishli komissiyaning yig‘ilishi 10-dekabrga belgilangan.

Habibning otasi o‘g‘lining bu qilig‘ini oqmasligini bildirar ekan, insonning asabi temirdan emasligi, o‘g‘lini muvozanatdan chiqarish uchun raqib tomon nimalar qilmaganini ham e’tiborga olish lozimligini bildirdi. Suhbat jarayonida jang uchun o‘g‘liga berilishi kerak bo‘lgan gonorar summasidan bir millon dollari to‘langanini ham aytib o‘tgan. Yana aytdiki, Habib qanchadir miqdorda jarimaga tortilsa, bosh ustiga, agar jazo musobaqalarlardan chetlatish shaklida bo‘lsa, UFC mutasaddilari o‘zidan ko‘rsin, milliardni boy beradi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring