Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inesta «Barselona» bilan xayrlashdi (foto+video)

Inesta «Barselona» bilan xayrlashdi (foto+video)

Foto: «LaLiga»

«Barselona» yarim himoyachisi va sardori Andres Inesta Kataloniya klubida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Stadion uni juda chiroyli tarzda kuzatib qo‘ydi.

Foto: «LaLiga»

La Liganing so‘nggi 38-turida «Real Sosedad» (1:0) bilan kechgan uchrashuvda u maydonda 82 daqiqa harakat qildi va Pako Alkaserga almashtirildi.

Foto: «LaLiga»

«Barselona» safida barcha turnirlarda o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Inesta (674) faqat Xavidan (767) keyingi o‘rinda turadi. 

12 yoshida «Barselona» safiga kelib qo‘shilgan Inesta 22 yil davomida klub sharafini himoya qildi.

Uchrashuvdan so‘ng Inesta bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazildi.

34 yoshli futbol yulduzining faoliyatini qayerda davom ettirishi hali aniq emas. Aytilishicha, u yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi bilan muzokara olib boryapti. Shuningdek, Inesta «Manchester Siti»ga o‘ynovchi murabbiy sifatida taklif etilgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring