Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniya chempionati. «Real» «Sevilya»ga yutqazdi, «Barselona» esa «Vilyarreal» darvozasiga beshta gol urdi

Ispaniya chempionati. «Real» «Sevilya»ga yutqazdi, «Barselona» esa «Vilyarreal» darvozasiga beshta gol urdi

Kecha Ispaniya chempionatining 34-turi doirasidagi qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Barselona» klubi o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklarning beshta goliga mehmonlar atigi bir marotaba javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Asosiy futbolchilari xizmatidan foydalanmagan «Real» esa «Sevilya»ga imkoniyatni boy berdi. O‘yin so‘nggida urilgan ikki gol Zidan jamoasiga yordam bermadi.

Barselona – Vilyarreal 5:1 (3:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 11 Koutino, 2:0 – 16 Paulino, 3:0 – 45 Messi, 3:1 – 54 Sansone, 4:1 – 87 Dembele, 5:1 – 90 Dembele.
Barselona – Sillessen, Nelson Semedu, Pike (Mina, 80), Vermalen, Din, Paulino, Buskets (Rakitich, 65), Inesta (Suares, 61), Dembele, Messi, Koutino.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta, Kastilexo, Rodri Ernandes, Trigeros (Xavi Fuego, 57), Cherishev (Sansone, 46), Fornals, Bakka (Unal, 70).
Ogohlantirishlar: Ruis (44), Xavi Fuego (72), Mario Gaspar (82).

Sevilya – Real Madrid 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 26 Ben-Yedder, 2:0 – 45 Layyun, 3:0 – 84, avtogol Ramos, 3:1 – 87 Mayoral, 3:2 – 90, penalti Ramos.
Sevilya – Soriya, Merkado, Parexa, Langle, Eskudero, Nzonzi, Pisarro, Layyun, Vaskes (Mesa, 79), Muriel (Sandro Ramires, 62), Ben-Yedder (Karrisu, 81).
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Valexo, Ramos, Teo, Kovachich, Kazemiro (Lorente, 87), Sebalos (Mayoral, 70), Vaskes, Benzema, Asensio.
Ogohlantirishlar: Merkado (42), Pisarro (69), Ramos (83), Eskudero (90).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring