Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jahon chempionatida sharmanda bo‘lgan terma jamoani og‘ir qurilish ishlariga haydashdi...»

«Jahon chempionatida sharmanda bo‘lgan terma jamoani og‘ir qurilish ishlariga haydashdi...»

Shimoliy Koreya — yopiq, o‘ziga xos qonunlarga ega bo‘lgan mamlakat. Mamlakatda sport bir qadar rivojlangan, shu jumladan futbol ham. O‘z vaqtida O‘zbekiston termasini ham mag‘lubiyatga uchratishni eplashgan...

2010 yilda mamlakat terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor Jahon chempionatida qatnashdi. Qizig‘i, dastlabki o‘yinda yaxshi o‘ynagan terma o‘yini KXDRda namoyish etilmadi. Shimoliy Koreya Braziliyaga qarshilik ko‘rsatib, kichik hisobda yengildi, hatto gol urdi...

Shundan so‘ng, mamlakat mas’ullari chempionatining qolgan o‘yinlarini efirga uzatishga qaror qilishdi. Ammo qolgan ikki o‘yinda Shimoliy Koreya sharmandalarcha mag‘lubiyatga uchradi: Portugaliyadan javobsiz yettita gol qabul qilib oldi,  Kot-d’Ivuar ham ayamadi.

Jamoa KXDRga qaytgach, OAVda qiziq va tahlikali xabar tarqaldi: bosh murabbiy Kim Chon Xon kommunistik partiya safidan o‘chirilib, og‘ir qurilish ishlariga safarbar etilgan, o‘yinchilarga nisbatan ham shunday yo‘l tutilgan. Bunday yo‘l tutishga shaxsan yuqori rahbariyatdan topshiriq bo‘lgani iddao qilingan.

FIFA mazkur ish yuzasidan KXDRga so‘rov jo‘natgan, shundan so‘ng, futbolchilar qo‘yib yuborilgan.

Kecha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida eng yomon natijani qayd etib, JCh-2022dan quruq qoldi. Albatta, bizda hech kim futbolchilarni og‘ir ishlarga safarbar qilmaydi. Bizda bari boshqacha.

Ammo bizning fubolchilarga nima yetishmaydi? Yashash va mashg‘ulot olib borish sharoitlariga havas qilgulik. Ortida 35 million jafokash xalq. 

Bu savollarga yaqin orada javob topa olmasak kerak. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring