Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Meksika termasi koreyslarga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi

JCh-2018. Meksika termasi koreyslarga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi

JCh-2018 F guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Janubiy Koreya hamda Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Meksika futbolchilari g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv Meksika terma jamoasining ustunligida boshlandi va bu bo‘lim o‘rtasiga kelib hisobda aks etdi. 26-daqiqada koreyalik futbolchi o‘z jarima maydonida qo‘l bilan o‘ynadi va belgilangan penaltini Vela golga aylantirdi.

66-daqiqada Xaver Ernandes jamoasining tezkor hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Son Xyon Min jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi.

Shu bilan Meksika ikkinchi turda ham g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 6 taga yetkazgan holda guruh peshqadamiga aylandi.

JCh-2018, G guruhi, 2-tur

Janubiy Koreya – Meksika 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 26, penalti Vela, 0:2 – 66 Ernandes, 1:2 – 90+2 Son Hin Min.

Janubiy Koreya: Cho Xyon U, Kim Yen Gvon, Chjan Xen Su, Li Yon, Mun Son Min (Chon U Yon, 77), Kim Min U (Xon Chol, 84), Ki Son Yen, Chu Se Chon (Li Shin U, 64), Li Che Son, Xvan Xi Chhan, Son Xyon Min.

Meksika: Ochoa, Moreno, Salsedo, Alvares, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (dos Santos, 77), Guardado (Markes, 68), Losano (Korona, 71), Ernandes.

Ogohlantirishlar: Kim Yon Gvon (58), Li Yon (63), Li Shin U (72), Chon U Yon (80).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring