Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JICA o‘zbekistonlik sportchilar uchun maxsus grant ajratdi

JICA o‘zbekistonlik sportchilar uchun maxsus grant ajratdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan bir qator loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xabaringiz bor, 2019 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yaponiyaning Xalqaro aloqalar agentligi (JICA) va «So-innovation laboratory» tashkiloti bilan hamkorlikda «Imkoniyati cheklangan insonlarni sport bilan shug‘ullanish orqali ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash» mavzusida seminar-trening o‘tkazilgan edi.

O‘tkazilgan seminar-trening natijasida universitetning «Adaptiv jismoniy tarbiya va sport» kafedrasi Yaponiyaning Xalqaro aloqalar agentligining (JICA) 38 mln so‘mlik xalqaro mini-grantini qo‘lga kiritishga muvoffaq bo‘lgan edi.

Ushbu mini-grant bo‘yicha universitet talabalari uchun maxsus sport trenajorlari mamlakatimizga olib kelindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring