Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «Kurash kuni» munosabati bilan katta musobaqa bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda «Kurash kuni» munosabati bilan katta musobaqa bo‘lib o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 6-sentyabr — «Kurash kuni» munosabati 1-ananaviy xalqaro ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

Foto: «Xabar.uz»

Jizzax viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Belbog‘li kurash milliy federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat va Zarbdor tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur musobaqa Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning amalda hosilasi bo‘ldi.

Kurashdan 2 ta vazn, belbog‘li kurashdan 5 ta vazn toifalarida respublikamizning barcha viloyatlaridan hamda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan ham jami 134 nafar polvonlar, 10 dan ziyod faxriy polvonlar gilamda kuch sinashdilar.

Foto: «Xabar.uz»

Musobaqa katta ishtiyoq, ko‘tarinki kayfiyatda va qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar orasida 4 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra Osiyo, 3 karra Jahon chempioni hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Abdurashid bobo Mirzayev, «Notanish polvon» filmidagi aktyor hamda kurash ustasi Azamjon polvon Shokirjonov, Osiyo va Jahon chempioni, Olimpiada ishtirokchisi va sovrindori, taniqli polvonimiz Abdulla Tangriyevlarning ham borligi musobaqaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Musoboqa g‘oliblariga uch million so‘m, ikkinchi va uchinchi o‘rin egalariga tegishlicha ikki va bir million so‘mdan pul mukofoti hamda diplom va medallar topshirildi. Musobaqa davomida qator faxriy mehmonlar va sport ustalari kurashning ushbu turi bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tab berishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring