Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kardiff» yo‘qolgan futbolchi uchun transfer pulini to‘lashdan bosh tortdi

«Kardiff» yo‘qolgan futbolchi uchun transfer pulini to‘lashdan bosh tortdi

Foto: «Sky Sports»

Uelsning «Kardiff» klubi Fransiyaning «Nant» klubidan sotib olingan 28 yoshli hujumchi Emiliano Sala uchun transfer pulini to‘lamoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz,  Nantdan Kardiffga bir motorli samolyotda uchib ketayotgan Emiliano Sala 21-yanvar kuni yo‘qolib qolgandi. Uch kun davomida olib borilgan qidiruv ishlari hech bir natija bermadi. Shunga qaramasdan, Salaning vafot etgani hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

Uelsliklar futbolchining yo‘qolishi bilan bog‘liq ishni o‘rganish uchun surishtiruv ishlarini boshlashadi, deb xabar berdi «The Telegraph».

Sala La-Manshni kesib o‘tish uchun eski samolyotni («Piper Malibu», 1984 yil) tanlagani, kamiga uchuvchida yo‘lovchi tashishga litsenziya yo‘qligi «Kardiff» rahbariyatining noroziligiga sabab bo‘ldi.

«Kardiff» Sala uchun «Nant»ga 20 million yevro to‘lashi shart edi. Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanganiga qaramay, Uels jamoasi bu transferdan qariyb 14 million yevro yo‘qotadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring