Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelgusi yildan piyoda ko‘p yurganlarga imtiyozlar berilishi mumkin

Kelgusi yildan piyoda ko‘p yurganlarga imtiyozlar berilishi mumkin

Illyustrativ foto

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.  

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-fevralga qadar aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida «Yangi nafas» platformasini yaratish belgilangan.

Bunda, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring